MAXFIYLIK SIYOSATI

Mazkur hujjat kelgusida «MIKROMOLIYA TASHKILOTI» (qisqartmada MMT) deb ataluvchi «KREDITOMAT TASHKENT MIKROMOLIYA TASHKILOTI» MCHJ XKning maxfiylik siyosati hisoblanadi. Ushbu hujjatda keyingi o'rinlarda «Mikromoliya tashkiloti» (qisqacha - MMT) deb yuritiladi va u har qanday muomalaga layoqatli jismoniy shaxsga, keyingi o'rinlarda «Mijoz» deb yuritiladigan shaxsga, KREDITOMAT 24 mobil ilovasidan foydalanish munosabati bilan tatbiq etiladi.

1. Mijoz ma'lumotlari va maxfiylik

1.1. Ushbu bilan Mijoz uning har qanday shaxsiy ma'lumotlarini, shu jumladan mijozning biometrik, maxsus shaxsiy ma'lumotlarini (Shaxsga doir ma'lumotlar) BSH maqsadlarida, xususan, BSh boʻyicha majburiyatlar MMT va Mijoz tomonidan joriy va kelajakda bajarilishini nazorat qilish va oldindan aytib berish, Mijozning moliyaviy va mulkiy holatini, BSh mavzusiga tegishli boʻlgan qismida Mijozning uchinchi shaxslar bilan munosabatlarini tekshirish, shuningdek, MMT tomonidan statistik va/yoki marketing tadqiqotlarini o'tkazish va/yoki Mijozni MMTning yangi mahsulotlari/xizmatlari va MMT Hamkori(-lari) haqida xabardor qilish uchun qayta ishlashga rozilik beradi.

1.2. Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish MMT, uning affilangan shaxslari, MMT bilan bog'liq shaxslar va MMT tomonidan vakolat berilgan boshqa tashkilotlar tomonidan O'zbekiston Respublikasi hududida ham, undan tashqarida ham Mijozning shaxsiy ma'lumotlariga avtomatlashtirilgan tarzda, shuningdek avtomatlashtirish vositalaridan foydalanmasdan ishlov berish, ya'ni har qanday manbalardan yig'ish, yozish, tizimlashtirish, toʻplash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o'zgartirish, to'ldirish), olish, tizimlashtirish, foydalanish, taqdim etish, tarqatish, uzatish (shu jumladan, shaxsga doir ma'lumotlar subyektlarining huquqlarini yetarli darajada himoya qilishni ta'minlaydigan yoki ta'minlamaydigan xorijiy davlatlar hududiga), Internet tarmog'ining umumiy foydalanish mumkin bo'lgan resurslarida MMT veb-saytlari sahifalarida joylashtirish, egasizlantirish va yo'q qilishni o'z ichiga oladi.

1.3. Mijoz O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida MMTning ixtiyoriga ko'ra, Mijozga tegishli har qanday ma'lumotni (shu jumladan shaxsga doir ma'lumotlarni) istalgan vaqtda va istalgan manbadan hamda istalgan miqdorda talab etish huquqini MMTga berish uchun Mijoz o'z roziligini beradi. Ushbu ma'lumotlar shaxsga doir ma'lumotlar subyektlarining huquqlarini yetarli darajada himoya qilishni ta'minlaydigan yoki ta'minlamaydigan uchinchi shaxslarga, shu jumladan xorijiy davlatlar hududiga, tanishish, taqqoslash, tekshirish, tahlil qilish, saqlash, uzatish (O'zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida), qonuniy va/yoki shartnoma majburiyatlarini bajarish maqsadida so'raladi.

1.4. Mazkur BShning 16.14-bandida ko'rsatilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun O'zbekiston Respublikasi hududida hamda uning hududidan tashqarida, shu jumladan shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlashning avtomatlashtirilgan vositalaridan foydalangan holda, shuningdek, shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashni avtomatlashtirish vositalaridan foydalanmasdan Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish MMT tomonidan, shu jumladan tegishli/affilangan shaxslar, MMTning huquqiy vorislari yoki MMT tomonidan vakolat berilgan boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi mumkinligiga Mijoz o'z roziligini bildiradi.

1.5. BShni amalga oshirish maqsadida Mijoz, u bilan aloqani har qanday tarzda, jumladan, telefon qo'ng'iroqlari, SMS-xabarlar va/yoki elektron pochta xabarlarini jo'natish uchun uning aloqa ma'lumotlaridan foydalanishga rozilik bildiradi va MMTdan, shu jumladan mobil operator orqali mobil qurilmadan kelgan SMS-xabarnoma xizmatini o'chirmaslik majburiyatini oladi.

1.6. Mazkur BShni qabul qilish orqali Mijoz MMT bilan telefon orqali suhbatlarni, MMT xodimlarining ishini baholash maqsadida, shuningdek, bahsli holatlar yuz berganda, MMT va Mijoz orasidagi suhbatning Mijozni oldindan ogohlantirgan holda yozib olinishiga rozilik beradi.

1.7. Mijoz MMT tomonidan mobil aloqa operatorlari va/yoki boshqa uchinchi shaxslardan olinadigan shaxsiy ma'lumotlar va/yoki mijozning hisob ma'lumotlari, qo'ng'iroqlar, tranzaksiyalar, mobil hamyonlar va/yoki boshqa faoliyat turlari olinishiga rozilik beradi va ushbu shartlarga muvofiq ko'rib chiqiladigan marketing, kredit anderrayting va/yoki boshqa tijorat maqsadlari uchun bunday ma'lumotlar va/yoki ma'lumotlarni MMTga taqdim etuvchi mobil aloqa operatori va/yoki boshqa uchinchi tomon bilan kelishib oladi.

1.8. MMT amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq o'z ixtiyorida bo'lgan Mijoz၏ shaxsiy ma'lumotlarining saqlanishini ta'minlash uchun zarur choralarni ko'radi.

1.9. MMT va/yoki uning affilangan shaxslari va/yoki MMT bilan yagona kompaniyalar guruhiga kiruvchi shaxslar va/yoki MMT bilan bog'liq shaxslar va/yoki MMT tomonidan vakolat berilgan boshqa tashkilotlar O'zbekiston Respublikasi hududida ham, uning tashqarisida ham Mijozning quyidagi ma'lumotlarini (cheklanmagan holda) avtomatlashtirilgan tarzda, shuningdek, avtomatlashtirish vositalaridan foydalanmasdan qayta ishlashlari (to'plash, yozish, tizimlashtirish, yig'ish, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o'zgartirish, to'ldirish), ajratib olish, foydalanish, uchinchi shaxslarga berish, shu jumladan xorijiy davlatlar hududiga, shaxsga doir ma'lumotlar subyektlarining huquqlarini yetarli darajada himoya qilishni ta'minlaydigan yoki ta'minlamaydigan, taqdim etish, tarqatish, Internet tarmog'ining hamma uchun ochiq resurslarida - MMT saytlari sahifalarida joylashtirish, egasizlantirish va yo'q qilish) mumkin:

1.10. Agar Mijoz MMTga uchinchi shaxs (shaxslar) haqida ma'lumot taqdim etsa, MMT bunday uchinchi shaxs (shaxslar) ma'lumotlarini qayta ishlash uchun javobgar emas va Mijoz uchinchi shaxs (shaxslar) haqidagi ma'lumotlardan foydalanish uchun zarur bo'lgan har qanday ruxsatnomani olishi kerak.

1.11. MMT tomonidan elektron kanallar orqali ma'lumotlarni qayta ishlash, shuningdek, Mijozning bunday elektron kanaldagi faoliyatini yozib olishni va to'plangan ma'lumotlardan MMT ixtiyoriga ko'ra foydalanishni o'z ichiga oladi.

1.12. Agar qonun hujjatlarida Mijozning o'z ma'lumotlarini qayta ishlashga roziligi talab qilinsa, Mijoz tomonidan elektron va/yoki moddiy jihatdan berilgan har qanday rozilik Mijoz tomonidan tegishli tartibda kelishilgan deb hisoblanadi va Tomonlar uchun majburiydir.

1.13. MMT tomonidan olingan Mijoz ma'lumotlari va Mijoz haqidagi boshqa ma'lumotlar quyidagilar uchun ham foydalaniladi va foydalanilishi mumkin:

1.14. Mijoz ma'lumotlarni qayta ishlash MMT va/yoki uning affilangan shaxslari va/yoki MMT bilan yagona kompaniyalar guruhiga kiruvchi shaxslar va/yoki MMT bilan bog'liq shaxslar va/yoki MMT tomonidan vakolat berilgan boshqa tashkilotlar tomonidan quyidagi maqsadlarda (shu jumladan cheklanmagan holda) amalga oshirilishi mumkinligini tan oladi va unga rozilik beradi:

1.15. Mazkur BShning 16.9 va 16.14-bandlari maqsadlari uchun MMT bilan yagona kompaniyalar guruhiga kiruvchi shaxslar quyidagilar hisoblanadi: (1) Ustav kapitalida MMT bevosita yoki bilvosita (boshqa shaxslar orqali, shu jumladan qimmatli qog'ozlarning nominal egasi orqali) har qanday miqdordagi ulushga (ovoz berish huquqiga ega yoki yo'qligidan qat'i nazar) egalik qiluvchi (yakka tartibda yoki boshqa har qanday shaxs bilan birgalikda) yoki ishonchli boshqaruv yoxud aksiyadorlar/ishtirokchilar bilan tuzilgan kelishuv yoki ushbu shaxsning boshqaruv organlarida/qo'mitalarida ishtirok etish orqali nazoratni amalga oshiruvchi (yakka tartibda yoki boshqa shaxslar bilan birgalikda siyosatga, biznes qarorlariga yoki boshqaruv organlari, qo'mitalar a'zosini tayinlashga ta'sir ko'rsatuvchi) yuridik shaxslar; (2) Ustav kapitalida MMT aksiyadori bevosita yoki bilvosita (boshqa shaxslar orqali, shu jumladan qimmatli qog'ozlarning nominal egasi orqali) har qanday miqdordagi ulushga (ovoz berish huquqiga ega yoki yo'qligidan qat'i nazar) egalik qiluvchi (yakka tartibda yoki boshqa har qanday shaxs bilan birgalikda) yuridik shaxslar.

1.16. Xavfsizlikni ta'minlash hamda mulkni va maxfiy ma'lumotlarni himoya qilish, shuningdek, xizmatlar sifatini nazorat qilish maqsadida MMT binolari video va audio kuzatuv ostida bo'ladi, audio yozuv esa telefon orqali MMT bilan bog'lanish vaqtida amalga oshiriladi.

1.17. Mijoz video kuzatuv va audio yozuvning muhimligini tan oladi va shuning uchun Mijozni qo'shimcha ravishda ogohlantirmasdan xavfsizlikni va Mijozga tegishli xizmat ko'rsatishni ta'minlash maqsadida MMTga har qanday ma'lumotlarni, shu jumladan Call-markazga/dan qo'ng'iroqlar paytidagi audio yozuvlarni qayta ishlashga so'zsiz rozilik beradi.

1.18. Tomonlarning har biri hamkorlik natijasida va/yoki hamkorlik davomida o'zi ega bo'lgan yoki ega bo'lishi mumkin bo'lgan boshqa Tomonning maxfiy ma'lumotlarini ikkinchi Tomonning oldindan yozma roziligisiz uchinchi shaxslarga oshkor qilmaslik va/yoki boshqa tarzda taqdim etmaslik majburiyatini oladi, mazkur BShning 16.19-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

1.19. Mazkur BShda "maxfiy ma'lumotlar" atamasi shartnomaviy munosabatlarni amalga oshirish jarayonida Tomonlar uchun ochiq bo'lgan va hammaga ochiq bo'lmagan MMT, texnik, moliyaviy va boshqa ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.

1.20. Tomonlar maxfiy ma'lumotlarni saqlaydilar va bunday maxfiy ma'lumotlarni mazkur BShda belgilangan hollardan tashqari va/yoki qonunchilikda talab qilingan hollar bundan mustasno, mazkur BShning butun amal qilish muddati davomida, shuningdek, u tugaganidan keyin ham biron-bir uchinchi tomonga oshkor qilmaydilar va o'tkazmaydilar.

1.21. Mijozning shaxsiy va maxfiy ma'lumotlari MMTda BSh va/yoki MMT bilan tuzilgan boshqa har qanday shartnomaning butun amal qilish muddati davomida, bunday shartnomalarning amal qilish muddati tugagan/bekor qilingan taqdirda esa amaldagi MMT qonunchiligida belgilangan muddatlar davomida MMTda saqlanadi.

1.22. Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, Mijoz MMTdan MMTda mavjud boʻlgan Mijozning shaxsiy ma'lumotlarini o'chirib tashlashni talab qilishga haqli emas.

1.23. Mazkur BShni qabul qilgan holda, Mijoz MMT tomonidan "Kredit-axborot tahliliy markazi" kredit byurosi" MCHJga kredit buyurtmanomasining rasmiylashtirilishini va MMTga oʻzi to'g'risidagi kredit hisobotini, zaruratga ko'ra, cheklanmagan miqdorda taqdim etilishini tasdiqlaydi va rozilik beradi. Bu ma'lumotlar kreditga layoqatlilikni baholash va MMT tomonidan kredit mahsulotlari bo'yicha shaxsiy takliflar berish maqsadida qayta ishlanadi.

1.24. Bosh Shartlarning 16.28-bandida ko'rsatilgan maqsadlar uchun Mijoz MMT tomonidan kredit mahsulotlari boʻyicha shaxsiy takliflarni olish uchun "Kredit-axborot tahliliy markazi" kredit byurosi MCHJga MMT tomonidan kredit buyurtmanomasini rasmiylashtirishga vakolat beradi va rozilik beradi, shuningdek, Mijoz kredit hisobotini taqdim etishga rozilikni tasdiqlash sanasi MMT tomonidan "Kredit-axborot tahliliy markazi" kredit byurosi MCHJga kredit buyurtmanomasi topshirilgan kun ekanligiga rozilik bildiradi. Mijoz MMTning ushbu bandda ko'rsatilgan harakatlari unga tushunarli ekanligini tasdiqlaydi, shuningdek, MMTning ushbu harakatlari tomonlar o'rtasida nizo predmeti bo'lmasligiga rozilik beradi va kafolat beradi.